Nega shu ish bilan shugʻullanamiz
Jahon nutq tizimlari ingliz, xitoy va ispan tillarida oʻqitiladi. Ularning maʼlumotlarida oʻzbek tili deyarli yoʻq, aralash nutq esa — gap oʻzbekcha boshlanib, ruscha tugaganda — umuman yoʻq. Tayyor model bunday gapda odam yarim soʻzdan tushunadigan joyda xato qiladi.
Yirik kompaniyalar tilimizga yetib kelishini kutmasdan oʻz modellarimizni qurdik: tanish, sintez, biometriya, maʼnoni tushunish. Maʼlumotlarni oʻzimiz yigʻdik va belgiladik — haqiqiy suhbatlar asosida, ishtirokchilarning roziligi bilan.
Barcha mahsulotlarimiz shu modellarda ishlaydi: nutq tahlili, AI suflyor, AI trenajyor, ovozli biometriya, botlar, AI agentlar fabrikasi, yigʻilish bayonnomalari va audio bejlar.